DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rosatom: Qora dengizda dron hujumiga uchragan konteyner kemasi cho‘kdi
Rossiya davlat atom energetikasi korporatsiyasi — Rosatom tarkibidagi FESCO kompaniyasiga qarashli “Yanina” konteyner kemasi Qora dengizda uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga uchraganidan so‘ng cho‘kdi. Kemaning 17 kishilik ekipaji qutqarildi.
Rosatom: Qora dengizda dron hujumiga uchragan konteyner kemasi cho‘kdi
Ukrainaning dronlari Qora dengiz deb koʻrsatilgan hududdagi nishonlarga zarba berdi

Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachyov bergan bayonotida “Yanina” konteyner kemasiga uyushtirilgan hujum tafsilotlarini ma’lum qildi.

Lixachyov kemaga Qora dengizda ikkita dron bilan hujum qilinganini aytib, quyidagi ifodalarni qo‘lladi:

“Kema xalqaro suvlarda muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish va bezak materiallari singari fuqarolik mahsulotlarini tashiyotgan edi. Ushbu hujumni qaroqchilik va dengiz bosqinchiligidan boshqa tarzda izohlab bo‘lmaydi.”

Lixachyov cho‘ka boshlagan kemani tartibli ravishda tark etgan 17 nafar ekipaj a’zosining barchasi qutqarilgani va ularning sog‘lig‘i yaxshi ekanini ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, ekipajning 16 a’zosi Misr fuqarosi bo‘lgan kapitan boshqaruvidagi “Delphinus” kemasi tomonidan qutqarildi. Ekipajning so‘nggi a’zosi esa Rossiya Qora dengiz flotiga qarashli dengiz aviatsiyasi ekipajlari tomonidan qirg‘oqqa olib chiqildi.

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq Rossiyadagi uchta neftni qayta ishlash zavodi hamda Rossiya bayrog‘i ostida suzuvchi “Yanina” konteyner kemasiga qarshi hujumlar uyushtirilganini ma’lum qilgan edi.

Uzunligi qariyb 140 metr va kengligi 22 metr bo‘lgan “Yanina” kemasi 13 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega edi.

Rossiyaning Vladivostok portida ro‘yxatdan o‘tgan kema Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Novorossiysk o‘rtasidagi yo‘nalishda qatnovlarni amalga oshirardi.