Rossiya axborot agentligi TASSga bergan intervyusida Zaxarova, Ukrainaning, Krasnodar o‘lkasidagi plyajga qarshi uyushtirgan hujumini baholadi.
Zaxarova mavzu haqida: “Yevropaning markazida, Ukrainadagi hokimiyatni egallab olgan terrorchi to‘da faoliyat yuritmoqda. NATO davlatlari esa terrorizmni moliyalashtirmoqda. Yaqinda NATO va Yevropa ittifoqi terrorizmga nisbatan nol bag‘rikenglik siyosatini e’lon qilgan edi. Endilikda esa o‘zlari ham xalqaro terrorizmning bir qismiga aylanib qolishdi” - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Avvalroq Ukraina armiyasi kecha Krasnodar o‘lkasiga qarshi insonsiz havo transportlari yoki dronlar orqali hujum uyushtirgani, hujum oqibatida Gelendjik shahri yaqinidagi Arxipo - Osipovka qishlog‘idagi plyajda 8 kishi halok bo‘lgani, 58 kishi esa jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.




















