SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Aroqchi Sergey Lavrov va Muhammad Ishoq Dar bilan uchrashdi
Abbos Aroqchi Qirg‘izistonda Sergey Lavrov va Muhammad Ishoq Dar bilan alohida - alohida uchrashuv o‘tkazdi.
Aroqchi Sergey Lavrov va Muhammad Ishoq Dar bilan uchrashdi
_

Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi Qirg‘izistonda Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov va Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari hamda Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar bilan uchrashdi.

Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchining rasmiy Telegram sahifasida mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Aroqchi, hozirda, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonda. U shu fursatdan foydalanib, Sergey Lavrov va Muhammad Ishoq Dar bilan alohida - alohida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro masalalar, shuningdek, AQShning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari muhokama qilindi.