Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy asosiy maqsadlari Ukraina va Yevropani «Rossiya tahdidi»dan xalos etish ekanini bildirdi.
Zelenskiy Ukraina Davlat kuni munosabati bilan poytaxt Kiyevda tashkil etilgan tantanali marosimda nutq so‘zladi.
«Ukraina Janubi - sharqiy Yevropa sammiti»da ishtirok etish uchun hozirda Kiyevda bo‘lgan Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen hamda dunyoning boshqa turli davlatlarining rahbarlari qatnashgan tadbirda so‘zga chiqqan Zelenskiy 2022 - yilning fevral oyidan buyon davom etayotgan Rossiya – Ukraina urushidagi so‘nggi vaziyatga to‘xtaldi.
Rossiyadagi energetika obyektlariga qarshi hujumlarni davom ettirayotganliklarini bildirgan Zelenskiy mavzu haqida shunday dedi: «Bizning asosiy maqsadimiz Rossiyaning benzinsiz qolishi emas, balki Ukrainaning Rossiyasiz bo‘lishi, Ukrainaning urushsiz bo‘lishi, Ukrainaning Yevropa bilan birga bo‘lishi, ham Ukraina, ham Yevropaning Moskva tahdididan xoli bo‘lishidir».
Zelenskiy avvalgi kunlarda Ukraina chegarasidan qariyb 2 ming 884 kilometr uzoqlikdagi Rossiyaning Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum uyushtirilganini bildirib, mavzu haqida esa: «Ukraina endilikda ilk bor o‘zining ballistik tizimini ishlab chiqmoqda va uzoq masofali hujumlarni amalga oshirmoqda».
Ukraina Patriot turidagi havo mudofaa tizimlarida qo‘llaniladigan raketalarni ishlab chiqarishni istayotganini yodga solgan Zelenskiy, bu masalani o‘tgan haftada Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammiti doirasida AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qilganini qayd etdi.
Trampning bu borada Ukrainaga ijobiy javob berganini bildirgan Zelenskiy: «Ukraina ilk bor Patriot raketalarini ishlab chiqarish imkoniyatiga yaqinlashmoqda va bu kelishuv hamda imtiyozga ega bo‘lgan tarixdagi uchinchi davlat bo‘lishi mumkin» — dedi.
Zelenskiy Ukraina yiliga 10 million dona dron ishlab chiqarishni boshlagani haqida ma’lumot berib, ittifoqchi davlatlar bilan hamkorlik orqali bu ko‘rsatkichni yanada oshirishlarini bildirdi.
Rossiya urush boshida Ukrainani 3 kunda egallashni rejalashtirganini ifoda etgan Zelenskiy, urush esa hozirga qadar 1603 kundan beri davom etayotganini ta’kidladi.





















