Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp kelishuvning asosiy tamoyillari boʻyicha kelishuvga erishilganini bildirib, Eronga rejalashtirilgan hujumni bekor qilganini maʼlum qildi. Trampning aytishicha, bu qaror qisqa muddat ichida yakuniy kelishuvga erishish sharti bilan qabul qilingan.
Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilgan bayonotida AQSh Eron hududiga hujum qilishga tayyor ekani ammo Eron bilan Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlar hujumni kechiktirishni soʻraganini bildirdi.
Kelishuvning asosiy tamoyillari boʻyicha kelishuvga erishilganini qayd etgan Tramp, bitim Hoʻrmuz boʻgʻozining “darhol, toʻliq va mutlaqo” qayta ochilishi hamda “Eronning yadro tahdidiga barham berilishini” oʻz ichiga olishini taʼkidladi.
Tramp mavzu haqida shunday dedi:
“Ushbu soʻrovga binoan, dunyoning kelajakdagi manfaatlari hamda muvaffaqiyatli va farovon Eronning mavjudligini saqlab qolish maqsadida, qisqa vaqt ichida yakuniy kelishuvga erishishimiz sharti bilan hujumni bekor qilishga rozi boʻldim”.
Trampning soʻzlariga koʻra, Isroil ham ushbu majburiyatga qoʻshilgan. U hujumni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishdan avval AQSh Eronga qarshi harbiy amaliyotni boshlash uchun “toʻliq tayyor va harakatga oʻtishga shay” boʻlganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.




















