DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina Krasnodarga hujumi uyushtirdi: 2 kishi halok bo‘ldi
Kondratyev, Ukraina tomonidan viloyatga qarshi uyushtirilgan hujum natijasida 2 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi.
Ukraina Krasnodarga hujumi uyushtirdi: 2 kishi halok bo‘ldi
_

Rossiyaning Krasnodar viloyati gubernatori Veniamin Kondratyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, Ukraina armiyasi Krasnodar o‘lkasiga insonsiz havo transporti (IHT) yordamida hujum uyushtirganini ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, hududdagi Novorossiysk, Anapa, Gelendjik va Temryuk tumanlaridagi fuqarolik infratuzilmasi obyektlari hamda uylar hujumga uchragan. Urib tushirilgan IHT bo‘laklarining qulashi oqibatida 21 ta uy va 4 ta korxona ziyon ko‘rgan.

Kondratyev voqea joyida tezkor xizmatlar xodimlari ish olib borayotgani, uylaridan evakuatsiya qilingan aholi uchun vaqtinchalik joylashtirish markazlari tashkil etilganini bildirdi.

Kondratyev hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar borligini ma’lum qilib: «Novorossiyskda 8 yoshli bola halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi va yaralanganlardan biri yosh bola. Temryuk tumanining Volna qishlog‘ida 1 kishi halok bo‘ldi. Anapada 2 kishi yaralandi. Gelendjikda ham 2 kishi yaralandi» - dedi.

Novorossiysk meri Andrey Kravchenko ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shaharda favqulodda holat e’lon qilinganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida esa kechasi Ukraina tomonidan uchirilgan 502 ta insonsiz havo transporti mamlakatning turli hududlari hamda Qora dengiz ustida havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingani bildirildi.