Misr poytaxti Qohiradagi savdo markazida yuz bergan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi.
Yangi Qohira hududidagi «Arabella Plaza» savdo markazining birinchi qavatida joylashgan sovg‘alar va o‘yinchoqlar do‘konida geliy gazi ballonining portlashi oqibatida yong‘in chiqdi.
Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi.
Misr Ichki Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda portlash «Arabella Plaza» savdo markazida sodir bo‘lgani, hodisadan keyin kelib chiqqan kichik yong‘in fuqaro muhofazasi guruhlari tomonidan nazoratga olingani bildirildi.
Portlash oqibatida atrofdagi ayrim do‘konlarning vitrinalari ham ziyon ko‘rgani ma’lum qilindi.
Misr Bosh prokuraturasi portlash sodir bo‘lgan do‘kon egasini hibsga olish haqida ko‘rsatma bergani bildirildi.
Bosh prokuratura dastlabki tekshiruvlarda portlash gaz ballonidan kelib chiqqani aniqlanganini, hodisa sabablarini o‘rganish uchun mutaxassislar guruhi jalb etilganini ma’lum qildi.
Hodisa yuzasidan tergov davom etayotgani bildirildi.

















