TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Fidan: Turkiya - Misr aloqalarini yanada chuqurlashtiramiz
Hakan Fidan Turkiya bilan Misr o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishlarini bildirdi.
Fidan: Turkiya - Misr aloqalarini yanada chuqurlashtiramiz
_

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiya bilan Misr tarix va geografiya zimmasiga yuklagan mas’uliyatni anglagan holda harakat qilayotgan ikki buyuk davlat ekanini ta’kidlab, «Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi nafaqat xalqlarimizning umumiy manfaatlariga, balki mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Ushbu tushuncha va davlat rahbarlarimizning ko‘z qarashlari asosida yelkama - yelka ishlashni hamda o‘zaro ishonch va umumiy manfaatlarimiz asosida munosabatlarimizni yanada chuqurlashtirishni davom ettiramiz» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hakan Fidan NSosyal ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti orqali Misrga amalga oshirgan tashrifiga doir post qoldirdi.

Tashrif ikki davlat o‘rtasida «a’lo darajada» davom etayotgan ikki tomonlama hamkorlikni hamda mintaqadagi voqealarni muhokama qilish nuqtayi nazaridan nihoyatda muhim imkoniyat bo‘lganini bildirgan Fidan: «Samimiy mehmondo‘stliklari uchun, avvalo, qadrli hamkasbim va birodarim Bedr Abdulatiy boshchiligida barcha misrlik rasmiylarga minnatdorlik bildiraman» - dedi.

Hakan Fidan tashrif doirasida misrlik hamkasbi Abdulati bilan Turkiya - Misr Qo‘shma rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishiga hamraislik qilganlarini ta’kidlab, «Shuningdek, Misr Bosh razvedka xizmati rahbari Hasan Rashad va Arab ligasi Bosh kotibi Nabil Fahmi bilan uchrashdik. Ikki tomonlama savdomizni oshirish, iqtisodiy aloqalarimizni diversifikatsiya qilish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqadorlikni kuchaytirishga qaratilgan bitimlarni imzoladik» - deya qayd etdi.

Hakan Fidan 13–14-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Misrda bo‘lib qaytdi.