Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Liviyaning Tripoli shahrida joylashgan Turk Qurolli kuchlarining (TQK) Liviya Maxsus guruh qo‘mondonligiga tashrif buyurdi.
Mavzu haqida vazirlik tomonidan NSosyal ijtimoiy tarmoq orqali berilgan xabarda, Hakan Fidanning Tripolida TQK Liviya Maxsus guruh qo‘mondonligiga tashrif buyurgani bildirildi.
Hakan Fidan ikki kun davom etadigan uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etish uchun Liviyaga rasmiy tashrif uyushtirgan edi.




















