TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Qirg‘iziston 6 - Jahon Ko‘chmanchi o‘yinlariga tayyorlanmoqda
Qirg‘iziston an’anaviy sport turlari va qadimiy ko‘chmanchi madaniyatining eng yirik tadbirlaridan biri hisoblangan Jahon Ko‘chmanchi o‘yinlarining madaniy va badiiy dasturini taqdim etdi.
Qirg‘iziston 6 - Jahon Ko‘chmanchi o‘yinlariga tayyorlanmoqda
_

Poytaxt Bishkekda o‘tkazilgan taqdimot yig‘ilishida Qirg‘iziston Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri Mirbek Mambetaliyev hamda 6 - Jahon Ko‘chmanchi o‘yinlari Madaniy dasturi bosh direktori Oltinbek Maksutov tadbir tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mirbek Mambetaliyev taqdimotdagi nutqida mamlakatda katta hayajon bilan kutilayotgan yirik tadbirning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Qirg‘iziston juda muhim mezbonlikka tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidlagan Mambetaliyev: «Qirg‘iziston uchun eng sharafli va katta mas’uliyat talab qiladigan vazifa oldida turibmiz. 31 - avgustdan 6 - sentyabrgacha sport musobaqalari bilan bir qatorda ko‘chmanchi sivilizatsiyalarning tarixiy merosini ham jahon sahnasiga olib chiqadigan 6 - Jahon Ko‘chmanchi o‘yinlarini o‘tkazamiz» - dedi.

O‘yinlar asosan Qirchin vodiysida bo‘lib o‘tadi

Madaniy dastur Bosh direktori Oltinbek Maksutov 6 kun davomida musobaqa va bellashuvlarni ham o‘z ichiga olgan jami 835 ta madaniy tadbir rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Tadbirlar o‘tkaziladigan joylarga to‘xtalgan Maksutov, tashkilotning rasmiy ochilish marosimi Bishkekda bo‘lib o‘tishi ammo madaniy dasturlarning markazi Issiqko‘l hududidagi tarixiy Qirchin vodiysi bo‘lishini ifoda etdi.

Maksutovning bildirishicha, vodiyda barpo etiladigan ulkan etno - qishloqda (etno - shaharchada) ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarning an’anaviy o‘tovlari namoyish etiladi hamda ko‘chmanchi xalqlar oshxonasining o‘ziga xos taomlari ta’mirlash yarmarkalari orqali tanishtiriladi.

Madaniy dasturda suvning ahamiyati ham alohida ta’kidlanishini qayd etgan Maksutov, shu doirada mamlakatning 40 shahrini 40 kun davomida aylanib chiqqan “Suv karvoni” loyihasi amalga oshirilganini yodga soldi.

Maksutov, shuningdek, tadbirlar 7 xil manzilda o‘tkazilishi va an’anaviy chavandozlik sport turi Ko‘kbo‘ru musobaqalari uchun 10 ming kishiga mo‘ljallangan maxsus ippodrom barpo etilganini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston tashabbusi bilan global brendga aylangan ushbu tashkilotning dastlabki uchta musobaqasi 2014, 2016 va 2018 - yillarda Qirg‘izistonda o‘tkazilgan edi.