TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Ozarbayjon Turkmanistonga «Do‘stlik» nomli neft tankeri sovg‘a qildi
Serdar Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga bordi va u yerda Ozarbayjondan Turkmanistonga sovg‘a qilingan «Do‘stlik» nomli neft tankerining onlayn topshirish marosimi ham o‘tkazildi.
Ozarbayjon Turkmanistonga «Do‘stlik» nomli neft tankeri sovg‘a qildi
_

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ozarbayjonga uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Muzokaralarda transport, energetika, iqtisodiyot va sanoat boshchiligida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Aliyev va Berdimuhamedov ishtirokida Ozarbayjondan Turkmanistonga sovg‘a qilingan «Do‘stlik» nomli neft tankerining onlayn topshirish marosimi ham o‘tkazildi.

Boku kemasozlik zavodida qurilgan tankerning uzunligi 141 metr, kengligi 16,9 metr va suvga botish chuqurligi 4,54 metrni tashkil etadi. Roppa - rosa 7 ming 875 tonna yuk tashish quvvatiga ega bo‘lgan tanker ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramzlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Uchrashuvlardan so‘ng Aliyev bilan Berdimuhamedov qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shuningdek bojxona, sport, mehnat va ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, oziq - ovqat xavfsizligi, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot va moliya sohalarida tegishli idoralar o‘rtasida turli bitimlar va anglashuv memorandumlari imzolandi.

Imzolash marosimidan keyin qo‘shma matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Aliyev transport va logistika sohasidagi hamkorlik nafaqat ikki davlat, balki kengroq mintaqa uchun ham strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Dunyoda ishonchli va xavfsiz transport yo‘laklari soni cheklanganiga e’tibor qaratgan Aliyev mavzu shunday dedi:

«Mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy o‘zaro ishonch bo‘lmaganida, mavjud geografik imkoniyatlarning o‘zi bu loyihalarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmas edi. Yuk tashish hajmining ortib borayotganini yana - da rivojlantirish va uchinchi davlatlardan yangi yuk oqimlarini jalb qilish maqsadida transport va logistika sohasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib oldik».

Turkmaniston Prezidenti Berdimuhamedov esa Ozarbayjon tomonidan sovg‘a qilingan «Do‘stlik» neft tankeri uchun minnatdorlik bildirib, ushbu sovg‘ani ikki mamlakat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarining timsoli sifatida baholashlarini aytdi.

U tanker ikki davlat taraqqiyotiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi hamda Turkmaniston Ozarbayjon bilan aloqalarni yana - da rivojlantirishga katta ahamiyat berishini qayd etdi.

Berdimuhamedovning ta’kidlashicha Ozarbayjon va Turkmaniston xalqlarini asrlar davomida shakllangan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, umumiy tarix, madaniyat, til va ma’naviy qadriyatlar bir - biriga bog‘lab turadi.