DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya: “Ukrainaning raketa hujumi oqibatida Belgorod viloyatida 6 kishi halok bo‘ldi”
Hujumda yana 4 kishi jarohatlangani ma’lum qilindi
Rossiya: “Ukrainaning raketa hujumi oqibatida Belgorod viloyatida 6 kishi halok bo‘ldi”
(ARXIV) Belgorod viloyatida Ukrainaning raketa hujumida 6 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Shuvayev Ukraina tomonidan hududga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Shuvayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukraina armiyasi Belgorod viloyatining Koloskovo qishlog‘iga raketalar bilan hujum qilganini bildirdi.

Hujum oqibatida bir bino yonib ketganini qayd etgan Shuvayev: “6 kishi halok bo‘ldi. Yana 4 kishi, jumladan, bir bola jarohatlandi”, — dedi.