TURKIYA
3 daqiqa o'qish
COP31 sammitida 95 davlat rahbari ishtirok etishi kutilmoqda
Antaliyadagi COP31 maydonida o‘tkaziladigan sammit BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasiga a’zo 196 davlat va Yevropa ittifoqini birlashtiradi.
COP31 sammitida 95 davlat rahbari ishtirok etishi kutilmoqda
_

Turkiya ilk bor mezbonlik qilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi 31 - Tomonlar konferensiyasida (COP31) olti qit’a nomidan ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. Ma’lum qilinishicha, konferensiyada 95 davlat rahbari va 7 ta xalqaro tashkilot yuqori darajada ishtirok etadi.

Atrof - muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra 9 – 20 - noyabr kunlari Antaliyadagi COP31 maydonida o‘tkaziladigan sammit BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasiga a’zo 196 davlat va Yevropa ittifoqini birlashtiradi.

COP31da olti qit’adan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. 95 davlat rahbaridan tashqari, 7 ta xalqaro tashkilot ham konferensiyada yuqori darajada qatnashishini bildirgan.

Ular orasida 37 nafar davlat rahbari, 35 nafar hukumat rahbari, 8 nafar davlat rahbarining o‘rinbosari, 7 nafar bosh vazir o‘rinbosari, 2 nafar valiahd shahzoda, 1 nafar shahzoda, 1 nafar parlament raisi va 4 nafar maxsus vakil bor.

Yevropa komissiyasi, BMT, BMT Bosh Assambleyasi, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti hamda Xalqaro energetika agentligi ham yuqori darajadagi ishtirokini tasdiqlagan.

COP31da yuqori darajada ishtirok etishi kutilayotgan davlatlar qatoriga Avstriya, Buyuk Britaniya, Bosniya va Gersegovina (2 nafar vakil), Bolgariya, Finlandiya, Janubiy Kipr yetakchiligi, Niderlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Italiya, Chernogoriya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Shimoliy Makedoniya, Lixtenshteyn, Malta, Moldova, Norvegiya, Rossiya, Sloveniya, Ukraina, Botsvana, Burundi, Jazoir, Esvatini, Efiopiya, Kot - d’Ivuar, Gabon, Gvineya - Bisau, Komor orollari, Kongo, Kongo Demokratik Respublikasi, Lesoto, Liviya, Madagaskar, Mali, Mavritaniya, Mozambik, Ruanda, Seyshel orollari (3 nafar vakil), So‘mali, Sudan, Tanzaniya, Togo, Zimbabve, Ozarbayjon (2 nafar vakil), Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Indoneziya, Armaniston, Falastin, Janubiy Koreya, Gruziya, Iroq, Iroq Kurdiston mintaqaviy hukumati, Eron (2 nafar vakil), Qatar (2 nafar vakil), Qozog‘iston (2 nafar vakil), Qirg‘iziston, Quvayt, Livan, Maldiv orollari, Malayziya, O‘zbekiston, Pokiston, Suriya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkmaniston, Boliviya, Braziliya, Gayana, Venesuela (2 nafar vakil), Antigua va Barbuda, Bagama orollari, Barbados, Sent - Kits va Nevis, Sent - Lyusiya, Avstraliya, Kiribati, Marshall orollari, Mikroneziya, Niue, Palau, Solomon orollari, Tonga va Tuvalu kiradi.

COPda qarorlar barcha tomonlarning yakdil roziligi bilan qabul qilinadi

COP (Tomonlar konferensiyasi) 1992 - yili qabul qilingan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasining eng yuqori qaror qabul qiluvchi organi hisoblanadi. Konvensiyaga a’zo barcha davlatlar COPda vakillikka ega.

Tomonlar har yili o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda Konvensiya va unga tegishli huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini ko‘rib chiqadi, global miqyosdagi yutuqlarni baholaydi hamda iqlim o‘zgarishiga samarali va muvofiqlashtirilgan javob choralarini rag‘batlantirish uchun zarur qarorlarni qabul qiladi.

COPda qarorlar ko‘pchilik ovozi bilan emas, balki barcha a’zo davlatlarning yakdil roziligi bilan qabul qilinadi. Konferensiyada 196 davlat va Yevropa ittifoqi vakillik qiladi.

COP sammitlari global iqlim harakatlarida muhim burilish nuqtalari hisoblanadi

COPning asosiy vazifalaridan biri ishtirokchi davlatlar tomonidan taqdim etilgan milliy hisobotlar va issiqxona gazlari emissiyasi inventarizatsiyasini ko‘rib chiqishdan iborat.

Yillar davomida COP sammitlari Kioto protokoli va Parij kelishuvi kabi global iqlim harakatlaridagi muhim bosqichlarga sabab bo‘ldi hamda xalqaro iqlim siyosatining yo‘nalishini shakllantirdi.

Bu yilgi muzokaralarda iqlimni moliyalashtirish, adolatli o‘tish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va chiqindilarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

Global harorat ko‘tarilishini sanoatlashuvdan oldingi davrga nisbatan 1,5 daraja bilan cheklash maqsadi uchun zarur bo‘lgan iqlim moliyalashtiruvi avvalgi COP sammitlarida bo‘lgani kabi COP31 muzokaralarining ham ustuvor mavzularidan biri bo‘ladi.

Turkiya ilk bor COP sammitiga mezbonlik qilmoqda

Turkiya ilk bor COP sammitiga mezbonlik qilmoqda. Prezident farmoyishiga muvofiq, Turkiyaning COP31 raisligini Atrof - muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurum amalga oshiradi.

Turkiyaning COP31 doirasidagi qarashlari «muloqot», «kelishuv» va «harakat» tamoyillariga asoslangan «Amalga oshirish COPi» sifatida belgilangan.