DUNYO
1 daqiqa o'qish
Olimlar Avstraliya sohillari yaqinida dunyodagi eng yirik kitlar qabristonini aniqladi
Tadqiqotga ko‘ra, kit qoldiqlarining yoshi 5,3 million yilgacha borib taqaladi.
Olimlar Avstraliya sohillari yaqinida dunyodagi eng yirik kitlar qabristonini aniqladi
Hududdagi fosil qoldiqlari ham hozirda mavjud bo'lgan, ham qirilib ketgan chuqurga sho'ng'iydigan tumshug'dor kitlarni o'z ichiga oladi. / AA

Olimlar Avstraliya sohillari yaqinida millionlab yillik qoldiqlarga ega bo‘lgan va dunyodagi eng yirik kitlar qabristoni deb hisoblanayotgan hududni aniqladi.

Chorshanba kuni Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, ushbu ulkan kitlar qabristoni Avstraliyaning Diamantina hududida, Hind okeanining janubi-sharqiy qismidagi dengiz tubida, 4 ming 616 metrdan 7 ming 1 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda va qariyb 1 ming 200 kilometrga cho‘zilgan maydonda joylashgan.

Tadqiqotchilar o‘lik kitlarning dengiz tubiga cho‘kishi natijasida shakllangan beshta yirik qoldiq majmuasini aniqladi. Shuningdek, chuqur dengiz hududida 476 ta kit fosili ham topildi.

Hududdagi fosil yozuvlari bugungi kunda yashayotgan tumshuqkit (gagalı kit) turlariga oid qoldiqlar bilan bir qatorda, allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan tumshuqkit turlarining izlarini ham o‘z ichiga oladi.

Tadqiqotda atom izotoplari asosida amalga oshirilgan yoshni aniqlash usuliga ko‘ra, qoldiqlarning tarixi 5,3 million yil avvalga borib taqalishi qayd etildi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu hududni o‘rganish pliosen davridan to hozirgi kungacha tumshuqkitlarning kelib chiqishi, paleoekologiyasi va populyatsiya dinamikasi haqida muhim ma’lumotlar beradi.