Isroil sulh yoki o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay Livan janubiga qarshi yangi hujumlar uyushtirdi. Isroilning mintaqadagi insonsiz havo transportlari (IHT) orqali uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida yana besh kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Isroil bilan Eron o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi dam olish kunlari Livanga qarshi uyushtirilgan hujumlar sababli jadal tus olgan edi. Ushbu taranglik o‘zaro ravishda qisman pasayganidan 24 soat o‘tib, Livan janubi yana Isroil hujumlari nishoniga aylandi.
Livanning rasmiy NNA axborot agentligi xabariga ko‘ra Nabatiya hududiga qarashli Adshit qishlog‘idagi fermaga qarshi uyushtirilgan Isroil havo hujumi natijasida bir kishi halok bo‘lgan.
Habbush qishlog‘ida amalga oshirilgan insonsiz havo transportlari hujumlarida esa 16 yoshli o‘smir bola hayotdan ko‘z yumgan.
Shuningdek, Isroilga tegishli insonsiz havo transportlarining Kfar Rummandagi al - Marj mahallasiga qarshi uyushtirgan hujumida yana ikki kishi halok bo‘lgan.
Sur shahrida esa fuqarolar yashaydigan hududlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari natijasida bir kishining jasadi topilgani, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etayotgani bildirildi.
Isroilning Sharqiya qishlog‘ida, Husayniya klubi yaqinida qisqa vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan ikki insonsiz havo hujumida Livanning harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari ham bo‘lgan uch kishi yaralangan.
Livan harbiy bo‘lmagan mudofaa xizmati bergan bayonotda, qidiruv - qutqaruv ishlari davom etayotgan bir paytda ikkinchi hujum sodir bo‘lgani va qutqaruv guruhlari nishonga olingani ta’kidlandi.
Hujumlar sababli Sur shahri va uning atrofida yangi qochqinlar (majburiy ko‘chirilganlar) to‘lqini yuzaga kelgani, boshpana markazlari esa to‘liq to‘lgani ma’lum qilindi.
Livan rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra AQSh ko‘magida tuzilgan sulh 2 - mart kuni kuchga kirganidan buyon Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan havo hujumlari natijasida 3 ming 600 nafardan ortiq inson halok bo‘lgan, 11 ming nafardan ziyod kishi yaralangan va 1,6 milliondan nafardan ortiq inson esa o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.










