Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Anqaradagi Prezidentlik saroyida Yangi Zelandiya general - gubernatori Sindi Kironi qabul qildi. Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlarni ham muhokama qildilar.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an Turkiya va Yangi Zelandiya umumiy xotirasida alohida o‘rin tutgan Chanoqqal’a janglarining 111 yilligiga to‘g‘ri kelgan ushbu tashrifni muhim deb baholadi hamda Yangi Zelandiya bilan, avvalo savdo, shuningdek mudofaa sanoati va transport sohalarida aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilganini bildirdi.
Erdo‘g‘an, ayniqsa savdo, mudofaa sanoati va transport yo‘nalishlarida Yangi Zelandiya bilan hamkorlikni yanada kengaytirishni ko‘zlayotganini ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an Yangi Zelandiyaning islomofobiyaga qarshi kurashdagi prinsipial pozitsiyasini mamnuniyat bilan qarshi olganliklari, Falastin masalasi va ikki davlatli yechimga ham BMT doirasida, ham ikki tomonlama darajada ko‘rsatayotgan qo‘llab - quvvatlovi e’tiborga loyiq ekanini qayd etib; Yangi Zelandiyaning Falastin davlatini tan olishi yechimga ulkn hissa qo‘shishini bildirdi.
Prezident, shuningdek, kelgusi yil Tinch okeani orollari forumi sammitiga mezbonlik qiladigan Yangi Zelandiyaga muvaffaqiyatlar tiladi.
Erdo‘g‘an Turkiyaning «yashil o‘tish» jarayonidagi yutuqlari hamda atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim inqiroziga qarshi kurashdagi sa’y - harakatlarini ta’kidladi. U noyabr oyida Antaliyada o‘tkaziladigan COP31 BMT Iqlim o‘zgarishi konferensiyasini yodga solib, general - gubernator Kironi ushbu sammitga taklif qildi.
Uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi.
Erdo‘g‘an Kironi saroyning asosiy kirish qismida kutib oldi va ikki yetakchi Turkiya hamda Yangi Zelandiya bayroqlari oldida suratga tushdi.

















