DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil OAV: Isroil Eron bilan bog‘liq keskin vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Isroil ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Isroil, Eron bilan bog‘liq keskin vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Isroil OAV:  Isroil Eron bilan bog‘liq keskin vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqda
_
11 соат олдин

Isroil ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra AQSh Prezidenti Donald Trampning Tehronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun bergan muddatining tugashi ortidan, Isroil Eron bilan bog‘liq keskin vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«KAN» Milliy teleradiokompaniyasi o‘z nomini oshkor etishni istamagan isroillik manbaga tayangan holda, Trump, seshanba kunga berilgan muddat tugagach Eronga qarshi hujumlarni kuchaytirishi mumkinligini bildirdi.

Manba, Isroil AQSh bilan birgalikda Eronning milliy infratuzilmasiga qarshi keng ko‘lamli zarbalar berishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ifoda etar ekan: «Muddat tugaganda Eronda katta keskinlikka tayyormiz va AQShning roziligini kutyapmiz», - dedi.

Biroq, Isroilda, Tramp oxirgi daqiqada o‘t ochishni to‘xtatish (sulh)ga qaror qilishi mumkinligi haqida xavotirlar ham mavjud.

Muddat bosimi

Kim ekani oshkor etilmagan isroillik rasmiylar «KAN»ga shuningdek, mamlakat energetika va infratuzilma obyektlariga zarba berish uchun yashil chiroqni kutmoqda.

Tramp Eronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini seshanba kuni kechki soat 20:00 gacha qayta ochish va kelishuvga erishish uchun muddat berdi; aks holda, energetika infratuzilmasi nishonga olinishini ifoda etdi.