SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Suriya va Daniya diplomatik munosabatlarni qayta tiklamoqchi
Daniya hukumati 14 yillik tanaffusdan soʻng, Suriyadagi elchixonasini qayta ochishga qaror qildi.
Suriya va Daniya diplomatik munosabatlarni qayta tiklamoqchi
ARXIV: Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen (markazda, chapda) va suriyalik Asad ash-Shayboniy 2026-yil 31-avgust kuni Damashqda Daniya elchixonasining qayta ochilish marosimida ishtirok etmoqda. / AFP

Suriyalik tashqi ishlar vaziri Asaad al-Shayboniy seshanba kuni Damashqda Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen bilan ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.

SANA ma'lumotlariga ko‘ra, ikki davlat vazirlari Tishrin saroyida uchrashuv o‘tkazgan, biroq muzokaralarning boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan. Mazkur uchrashuv Rasmussenning 14 yillik tanaffusdan so‘ng Damashqdagi Daniya elchixonasini qayta ochish marosimining ertasi kuniga to‘g‘ri keldi. Mazkur ochilish marosimida Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad al-Shayboniy ham ishtirok etgan.

Lars Lyokke Rasmussen Daniya joriy yilda Suriyada ilk tiklanish jarayonlari, barqarorlikni ta'minlash va suriyalik qochqinlarning o‘z uyiga qaytishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha 76 million dollar ajratganini ma'lum qildi. O‘z navbatida, Asaad al-Shayboniy elchixonaning qayta ochilishini Suriya-Daniya munosabatlarida yangi sahifa ochilish deb atadi.

Daniyalik vazir, shuningdek, dushanba kuni Suriya Prezidenti Ahmad ash-Shara bilan ham uchrashdi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun tiklanish hamda qayta qurish ishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Asaad al-Shayboniy va Lars Lyokke Rasmussen joriy yilning may oyida Bryussel shahrida ham uchrashib, siyosiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish hamda Suriyadagi barqarorlashtirish sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashgan edilar.