Erdo‘g‘an Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan BMT Bosh qarorgohida tashkil etiladigan “Ko‘rinmas me’morchilik: bolalar uchun xavfsiz raqamli tizimlar yaratish — xalqaro standartlar va umumiy mas’uliyatni rivojlantirish” mavzusidagi yig‘ilishda ham qatnashib, nutq so‘zlaydi.
Emine Erdo‘g‘an homiyligida BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasining qo‘shimcha tadbiri sifatida o‘tkaziladigan ushbu dasturda u “bolalarni raqamli muhitda himoya qilishga doir fikr va mulohazalarini” o‘rtoqlashadi.
Prezident Erdo‘g‘an bilan birga “100 yillik do‘stlik: Turkiya–Amerika Qo‘shma Shtatlari tadbiri”da qatnashadigan Emine Erdo‘g‘an, Prezident Erdo‘g‘anning BMT Bosh qarorgohidagi Bosh Assambleya zalidan dunyoga murojaatini ham kuzatadi.
Bundan tashqari, Emine Erdo‘g‘anning dasturlari qatoridan BMT Bosh qarorgohining Vasiylik kengashi zalida o‘tkaziladigan “Xalqaro energetika agentligi bilan yuqori darajadagi muloqot” dasturi ham o‘rin olgan.
Yetakchilarning rafiqalari bilan uchrashadi
Emine Erdo‘g‘an AQSH Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp tomonidan beriladigan ziyofatda davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalari bilan uchrashadi.
Prezident Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an Tramp juftligi davlat va hukumat rahbarlari hamda ularning rafiqalari sharafiga beradigan ziyofatda ham qatnashadi.
Emine Erdo‘g‘an ayrim yetakchilarning rafiqalari bilan Turkevida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Shu doirada u Braziliya Prezidenti Luiz Inasio Lula da Silvaning rafiqasi Rozangela Lula da Silva, Keniya Prezidenti Uilyam Samoei Rutoning rafiqasi Reychel Ruto hamda Syerra-Leone Prezidenti Julius Maada Bioning rafiqasi Fotima Maada Bio bilan uchrashadi.
Prezident Erdo‘g‘an va Emine Erdo‘g‘an Turk-Amerika milliy boshqaruv qo‘mitasi (TASC), MÜSİAD hamda AQSH Musulmon tashkilotlari kengashi (USCMO) tomonidan tashkil etiladigan tadbirda ham ishtirok etadi.





















