G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
JSST G‘azodan evakuatsiyalarni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus, G‘azodan evakuatsiyalarni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi.
JSST G‘azodan evakuatsiyalarni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi
_
5 соат олдин

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), tashkilotga xizmat ko‘rsatish maqsadida shartnoma asosida ishlagan bir kishining Isroil hujumi natijasida halok bo‘lishi ortidan G‘azodan evakuatsiyalarni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi.

Tashkilot Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida shunday dedi: «JSST G‘azoda tashkilotga xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma asosida ishlagan bir kishining bugun xavfsizlik hodisasi chog‘ida halok bo‘lganini chuqur qayg‘u bilan tasdiqlaydi». U, shuningdek, hodisa vaqtida yana ikki nafar JSST xodimi voqea joyida bo‘lgani biroq ular jarohatlanmaganini bildirdi.

Tedros bayonotining davomida: «Hodisa ortidan JSST bugun Rafah orqali Misrga amalga oshirilishi rejalashtirilgan bemorlarning tibbiy evakuatsiyasini to‘xtatdi. Keyingi e’longa qadar tibbiy evakuatsiyalar amalga oshirilmaydi» - dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog‘liqni saqlash agentligi bo‘lgan ushbu tashkilot voqea tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi. Tedros esa bayonotida mazkur hodisa yuzasidan tergov «tegishli organlar» tomonidan olib borilayotganini qayd etdi.

Tedros, shuningdek, «Tinch aholi va insonparvarlik yordami xodimlarini himoya qilishni talab qilamiz» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Isroil ikki yildan buyon davom etayotgan, genotsid sifatida baholanayotgan urush ortidan G‘azada 10 - oktabr kuni kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishda davom etmoqda.

Isroil tomonidan 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azoda olib borayotgan ushbu urushda, falastinlik 72 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat.