Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Ispaniya Tashqi Ishlar vazirlari Xose Manuel Albares Bueno telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi ma’lumot bo‘lishdi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra Isroilning G‘azoga yo‘l olgan yordam flotiga nisbatan noqonuniy aralashuviga qarshi xalqaro hamjamiyat ushbu noqonuniy harakatga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi O‘nju Kecheli payshanba kuni Hakan Fidan va Xose Manuel Albares o‘rtasidagi suhbat ortidan bergan bayonotida mavzu haqida shunday dedi: “Suhbat davomida xalqaro suvlarda harakatlanayotgan Global Sumud flotiga Krit oroli yaqinida Isroil kuchlari tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy aralashuv turli millat vakillaridan iborat ko‘plab fuqaroning hayotini xavf ostiga qo‘ygani va xalqaro huquqni buzganligi ta’kidlandi” - deyildi.
Kecheli shuningdek, ikki vazir “xalqaro hamjamiyat ushbu noqonuniy aralashuvga nisbatan yagona va aniq pozitsiya egallashi kerakligini yana bir bor urg‘ulaganini” o‘z so‘ziga ilova qqqqildi.
Isroil dengiz kuchlari chorshanba kuni kechqurun G‘azoga yo‘l olgan va hududda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan blokadani buzishni maqsad qilgan flotga tegishli kemalarni to‘xtatdi.
Guruhning bildirishicha, Isroil kuchlari karvonni Krit oroli yaqinidagi xalqaro suvlarda qurshab olgan, aloqa vositalarini to‘sib qo‘ygan va bir nechta kemani egallab olgan.
G‘azoga insonparvarlik yordami olib ketayotgan flot Isroil blokadasini yorib o‘tish va dengiz orqali insonparvarlik yo‘lak ochishni ko‘zlagan.
Bu harakat Isroil ommaviy axborot vositalari turli mamlakatlardan kelgan taxminan 100 nafar faolni olib ketayotgan va jami qariyb 100 ta kemadan iborat bo‘lgan flotni to‘xtatishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabar berganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘ldi.
Isroilning G‘azo blokadasi
Isroil 2007 - yildan buyon G‘azoga blokada qo‘llab kelmoqda; amalga oshirilgan hujumlar natijasida uy - joylari vayron bo‘lgan taxminan 2,4 million falastinlikdan 1,5 millioni boshpanasiz qolgan.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azoda olib borgan hujumlari davomida asosan ayollar va bolalardan iborat falastinlik 72 ming 500 nafardan ortiq inson umriga; 172 ming nafardan ortiq insnonnig esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Hududning yirik qismi vayronaga aylantirilgan va deyarli butun aholi o‘z uy - joyini tark etishga majbur bo‘lgan.








