MADANIYAT
1 daqiqa o'qish
Zeugma Mozaika muzeyi 49 ming 733 nafar sayyohni qabul qildi
Dunyoga mashhur “Lo‘li qiz” mozaikasi boshchiligidagi ko‘plab noyob asarlar namoyish etiladigan Zeugma Mozaika muzeyi Qurbon hayiti ta’tili davomida 49 ming 733 nafar ziyoratchini qabul qildi.
Zeugma Mozaika muzeyi 49 ming 733 nafar sayyohni qabul qildi
Zeugma mozaika muzeyida bayram ta’tilida tashrif buyuruvchilar oqimi kuzatildi (AA)

“Lo‘li qiz” mozaikasi, “Mars haykali”, Rim davriga oid favvoralar hamda Furot daryosi bo‘yidagi villalardan topilgan mozaikalar kabi yuzlab asarlar namoyish etilayotgan Zeugma Mozaika muzeyi Qurbon hayiti ta’tilida sayyohlarning eng ko‘p tashrif buyurgan manzillaridan biriga aylandi.

Turkiya Prezidentining Madaniyat va san’at bo‘yicha katta mukofotiga sazovor bo‘lgan muzeyni ta’til davomida 49 ming 733 kishi ziyorat qildi.

Samsun shahridan kelgan Hediya Beshikchi Gaziantepga aynan Zeugma muzeyini ko‘rish uchun kelganini aytib:

“Juda mamnun bo‘ldim. Odamlar nihoyatda ko‘p. Menga juda yoqdi, bu yerda ajoyib asarlar bor”, dedi.

Koniyaning Beyshehir tumanidan kelgan Kamil Baxtiyor esa:

“Do‘stlar bilan bolalarni olib keldik, tarixiy joylarni ko‘rib-bilishsin dedik. Zeugmani ham tomosha qilyapmiz. Gaziantepga avval ham kelganman, ammo bu yerga birinchi marta kelishim. Kech qolibmiz, odamlar juda ko‘p. Bu muzey bunga arziydi”, deya fikr bildirdi.