Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba kuni (23.04.2026) Kiyev Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan uchta yirik xavfsizlik hujjatini imzolaganini va ularni insonsiz havo transporti kelishuvi sifatida ta’riflaganini ma’lum qildi.
Zelenskiy mavzu haqida Telegram orqali bergan bayonotida, Yaqin Sharq mamlakatlari — Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAni o‘z ichiga olgan holda, insonsiz havo transportlari bo‘yicha kelishuvni ham qamrab olgan uchta yirik xavfsizlik hujjati imzolangani, ular Ukraina davlat va xususiy sektorlari o‘rtasidagi turli shartnomalar orqali amalga oshirilishini bildirdi.
Zelenskiyga ko‘ra, kelishuvning asosiy unsurlaridan biri arzon narxdagi insonsiz havo transportlari hamda ularni ishlab chiqarish uchun qo‘shma ishlab chiqarish liniyalarini tashkil etishdir.
Uning aytishicha, Eronda ishlab chiqarilgan “Shahed” insonsiz havo transportlarining narxi 80 mingdan 130 ming dollargacha bo‘lishi mumkin, biroq ular 3 – 4 million dollarlik raketa bilan emas, balki taxminan 10 ming dollarlik qarshi vosita bilan yo‘q qilinadi.
Zelenskiy ushbu davlatlarga o‘zlarini himoya qilishda yordam berishni istashlarini aytib, shunga o‘xshash hamkorliklarni boshqa mamlakatlar bilan ham yo‘lga qo‘yishda davom etishlarini ta’kidladi.
“Shahed” insonsiz havo transportlari Eron ishlab chiqargan insonsiz havo jangovar havo vositalari sifatida tanilgan.
Zelenskiy, shuningdek, Ukrainaning insonsiz havo transportlari ishlab chiqarishdagi tajribasini AQSh bilan ham bo‘lishishni istashini bildirdi.
Rossiya - Ukraina urushiga doir yechim jarayoniga to‘xtalib, u Rossiya bilan aloqa chizig‘iga xalqaro kuchlar joylashtirilishi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.
Yaqin Sharqdagi o‘t ochishni to‘xtatish masalasiga oid savolga javoban esa, Ukraina buni qo‘llab - quvvatlashini biroq Rossiya bundan foydalanib qolishi mumkinligi haqida xavotirlar borligini ifoda etdi.










