TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Pokistondagi terror hujumini keskin qoraladi
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Pokistonning Hayber Paxtunxva viloyatida kecha politsiya bo‘limiga uyushtirilgan terror hujumini eng keskin tarzda qoralashini bildirdi.
Turkiya Pokistondagi terror hujumini keskin qoraladi
Turkiya terrorizmning barcha shakllari va ko'rinishlariga qarshi kurashda Pokiston bilan birdamlikda bo'lishda davom etadi. / AA

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida: “Ushbu hujumda halok bo‘lganlarga Allohdan rahmat tilaymiz, ularning yaqinlari hamda Pokiston xalqiga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi.

Bayonotda Hayber Paxtunxva viloyatidagi politsiya bo‘limiga qilingan terror hujumi qat’iy qoralanayotgani ta’kidlanib, Turkiyaning terrorizmning barcha ko‘rinishlari va tahdidlariga qarshi kurashda Pokiston bilan birdamlikni davom ettirishi qayd etildi.

Shanba kuni Pokistonning Hayber Paxtunxva viloyatida politsiya nazorat punktiga uyushtirilgan xudkushlik hujumida 15 nafar politsiyachi halok bo‘lgani bildirilgan edi.