ISTANBUL (AA) – Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasining ijtimoiy tarmoqdagi bayonotiga ko‘ra, suhbat davomida Turkiya va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar hamda mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
Erdo‘g‘an Eron va AQSh o‘rtasidagi mojaro jarayonida mintaqada yuz berayotgan qiyinchiliklar tashvishli ekanini bildirib, BAAning suvereniteti va xavfsizligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini qayd etdi hamda yuzaga kelgan zararlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiya tegishli davlatlar bilan aloqada holda AQSh va Eron o‘rtasida diplomatik yechim topishga harakat qilayotganini, mintaqa xavfsizligi ehtiyojlarini qondirish uchun esa yanada ko‘proq muloqot va hamkorlik zarurligini ta’kidladi.













