Falastinliklarning manfaatlarini himoya qiluvchi Isroildagi bir huquqiy himoya guruhi shanba kuni (09.05.2026) Isroil xavfsizlik idoralari G‘azoga yo‘l olgan Global Sumud Flotiliyasi tarkibidagi ikki nafar faolni ozod qilish rejalari haqida ularga ma’lumot berganini bildirdi.
Adalah bayonotiga ko‘ra Isroilning ichki xavfsizlik xizmati Shin Bet, Adalah yuridik jamoasiga, Braziliya fuqarosi Thiago de Avila bilan ispaniyalik faol Saif Abu Keshek shu kun davomida ozod qilinishi haqida xabar bergan.
Shuningdek, Isroil rasmiylari Avila va Abu Keshekni ko‘chmanchilar idoralariga topshirishi hamda ular deportatsiya qilinmaguncha hibsda ushlab turilishini ma’lum qilindi.
Beer Shevadagi Isroil okrug sudi chorshanba kuni Adalah tashkilotining faollarni hibsda ushlab turish muddatini uzaytirishga qarshi bergan shikoyatini rad etdi.
Isroil kuchlari 30 - aprel kuni qamal ostidagi G‘azodan taxminan 600 dengiz mili uzoqlikda, Krit oroli yaqinidagi dengiz hududida Global Sumud Flotiliyasiga hujum qilgan edi.
Isroil 2007 - yildan buyon G‘azoga nisbatan qattiq blokada qo‘llab kelmoqda. Hududdagi 2,4 million aholi ocharchilik yoqasiga kelib qolgan.
Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida G‘azoga qarshi ikki yil davom etgan shafqatsiz genotsid urushini boshladi. Ushbu urush davomida 72 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi, 172 ming nafardan ziyodi yaralandi hamda qamal ostidagi hududda keng ko‘lamli vayronagarchilik yuz berdi.











