TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Turkiya bilan O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashadi
Murat Kurum Antaliyada Aziz Abdukhakimov bilan o‘tkazgan uchrashuvi haqida gapirdi.
Turkiya bilan O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashadi
_

Murat Kurum ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida COP31 doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda Milliy ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisi Aziz Abdukhakimov bilan o‘tkazgan uchrashuvi haqida gapirdi va unda:

«COP31 doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda Milliy ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisi Aziz Abdukhakimov bilan uchrashdik.

Uchrashuvimiz yakunida imzolagan Atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumimiz orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, havo va suv ifloslanishining oldini olish, chiqindilarni boshqarish hamda aylanma iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi hamkorlikdagi ishlarimiz uchun mustahkam zamin yaratdik.

Antaliyada yanada mustahkamlangan ushbu sheriklik mamlakatlarimiz va umumiy kelajagimiz uchun xayrli bo‘lishini tilayman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.