Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi sulh kelishuviga qaramay uyushtirgan hujumlari oqibatida so‘nggi 24 soat ichida yana 3 kishi halok bo‘ldi.
G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatidagi qurbonlar soni bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, sulhga qaramay Isroil hujumlari davom etayotgan G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida yana 3 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 15 nafari yaralangan.
2025 - yilning 10 - oktabrida sulh kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1 613 kishi halok bo‘lgan, 5 833 kishi yaralangan. Shu davr mobaynida vayronalar ostidan 849 kishining jasadi olib chiqilgan.
Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 ming 643 nafarga, yaralanganlar soni esa 175 ming 962 nafarga yetgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, G‘azo sektorida shu kungacha binolarning qulashi yoki falastinliklar yashayotgan chodirlarning yomg‘ir oqimi olib kelgan qum va toshlar ostida qolishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 56 nafarga yetgani bildirildi.
Ma’lum qilinishicha, G‘azo sektorida vayronalar ostida haligacha minglab jasadlar qolib ketgan.























