Tibbiy manbalarga ko‘ra oldindan ogohlantirishsiz G‘azo markazida joylashgan turar - joy binosini nishonga olgan Isroil hujumida falastinlik yana yetti kishi jarohat oldi.
Manbalarga ko‘ra o‘rta va og‘ir darajada jarohat olganlar, shahardagi turli shifoxonalarga yetkazilgan.
Guvohlarning aytishicha juma kuni erta tongda G‘azo markazida, Yarmuk stadioni yaqinidagi Haraz binosi ostidagi tijorat omborlariga Isroil vertolyoti hujum qilgan va bu jarohatlarga sabab bo‘lgan.
Boshqa bir bayonotda esa G‘azo Harbiy bo‘lmagan mudofaa boshqarmasi jamoasi hujum ortidan hududda chiqqan yong‘inni o‘chirgani va bir necha jarohat olganlarni evakuatsiya qilganini ma’lum qildi.
Qoidabuzarliklarning davom etishi
Boshqa bir hodisada mahalliy manbalar Isroil Harbiy - dengiz kuchlari avtomat qurollari orqali o‘t ochgani va G‘azodagi baliqchi qayiqlari bilan qirg‘oq hududini to‘p o‘qlari bilan nishonga olganini bildirdi.
Isroil artilleriyasi harbiy texnikalardan o‘t ochish bilan birga G‘azo sharqidagi al - Tuffah mahallasining sharqiy hududlarini ham o‘qqa tutgan. Qurbonlar bor - yo‘qligi haqida esa hali hanuz hech qanday ma’lumot yo‘q.
G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligiga ko‘ra, 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan otashkesim yoki sulh kelishuvining buzilishlarida falastinlik 922 kishi halok bo‘lgan, 2 ming 786 kishi esa tan jarohati olgan.
Falastin rasmiylariga ko‘ra 2023 - yilning 8 - oktabrida boshlangan Isroil - G‘azo urushi oqibatida falastinlik 72 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgan, 172 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati olgan.

















