DUNYO
1 daqiqa o'qish
Olimlar nima uchun Alp tog‘larida yer silkinishini qo‘zg‘amoqda?
Tadqiqotchilar, Shveytsariyadagi Alp tog‘larining tubida joylashgan BedrettoLabda sun’iy ravishda minglab mikro yer silkinishlarini yuzaga keltirdi
Olimlar nima uchun Alp tog‘larida yer silkinishini qo‘zg‘amoqda?
_

Shveytsariya ta’lim va tadqiqot muassasasi ETH Zurich tadqiqotchilari, seysmik xavflar va yoriq (fayl) harakatini o‘rganish maqsadida Shveytsariyadagi Alp tog‘larining tubida joylashgan BedrettoLabda sun’iy ravishda minglab mikro yer silkinishlarini yuzaga keltirdi.

Tajriba yer ostidagi sanoat faoliyati bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish uchun, yer qobig‘i katta chuqurliklarda qanday harakat qilishini yaxshiroq tushunishga qaratilgan.

Professor Domeniko Giardini boshchiligidagi «Yoriq faollashuvi va yer silkinishi sinishi» (FEAR-2) loyihasi yer ostidagi 1,5 km chuqurlikdagi burg‘u teshiklariga 750 kub metr suv yuborishni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon maxsus sensorlar tarmog‘i bilan kuzatiladigan sharoitda, oldindan tanlangan yoriqlar bo‘ylab harakatni qo‘zg‘atish uchun ishlab chiqilgan.

Jamoa magnitudasi -5 dan -0,14 gacha bo‘lgan taxminan 8000 ta seysmik hodisani qayd etdi. Giardini tajriba davomida 1,0 magnitudaga to‘liq erishilmagan bo‘lsa - da, bunday miqyos va chuqurlikda ilgari hech qachon bunday tajriba o‘tkazilmaganini ifoda etib, uni katta muvaffaqiyat deb baholadi.

Bu natijalar geotermal energiya ishlab chiqarish va gidravlik yorish (fracking) kabi faoliyatlar uchun xavfsizlik protokollarini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Tadqiqotchilar kichik silkinishlarni qanday boshqarishni o‘rganish orqali 2017 - yili Janubiy Koreyaning Pohang shahrida yuz bergan 5,4 magnitudali yer silkinishi kabi inson faoliyati sababli yuzaga keladigan yirik ofatlarning oldini olishni maqsad qilmoqda.