Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vazir Murat Kurum Qirg‘iziston Arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Nurdan Oruntayev hamda uning hamrohligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Vazirlik binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida “Shaharsozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” imzolandi.
Vazir Kurum ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uchrashuv yuzasidan bergan bayonotida, Oruntayev bilan samarali muzokara o‘tkazganliklarini bildirdi.
Uchrashuvdan so‘ng shaharsozlik va hududiy rejalashtirish yo‘nalishlarida bilim hamda tajriba almashinuvini kuchaytiradigan bitim imzolanganini qayd etgan Kurum shunday dedi:
“Xavfsiz va yashash uchun qulay shaharlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan ushbu bitim ikki qardosh davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashiga, shuningdek turk pudratchilik va konsalting sektorining mintaqadagi tajribasini yanada yaqqol namoyon etishiga ishonaman.”











