Marko Rubio bugun boshlagan Yaqin Sharq safari davomida AQShning Eron bilan imzolagan kelishuvida berilgan yon berishlar yuzasidan ittifoqchilarining xavotirlarini yumshatishga harakat qiladi.
Fors ko‘rfazi bo‘yidagi arab davlatlari, jumladan Eronni qayta tiklash uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan 300 milliard dollarlik jamg‘arma kabi imtiyozlar Eron kabi raqib davlatga nisbatan haddan tashqari saxiylik deb hisoblamoqda.
Kecha kechqurun Abu - Dabiga yetib borgan Rubio AQSh va Isroil bilan Eron o‘rtasida to‘rt oy davom etgan urushni yakunlash maqsadida o‘tgan hafta erishilgan kelishuvdan so‘ng ilk yuqori darajali diplomatik missiyasini bajarishga hozirlik ko‘rmoqda.
Rubio jurnalistlar bilan suhbatda ittifoqchilarning kelishuvga oid xavotirlarini muhokama qilishni rejalashtirayotgan yoki yo‘qligi haqidagi savolga: “Bu masala albatta muzokaralarda ko‘tariladi” - deb javob berdi.
Uning aytishicha, kelishuv matnida aks etmagan boshqa masalalar ham muhokama qilinadi. Safar doirasida Rubio Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga ham tashrif uyushtiradi Har ikki mamlakat strategik ahamiyatga ega AQSh harbiy bazalariga mezbonlik qiladi va mojaro davomida Eron raketalari hujumlariga uchrab, fuqarolar orasida qurbonlar qayd etilgan.
Ayni paytda AQSh senati kecha Kongressdagi Eron bilan urush sabab yuzaga kelgan xavotirlarni aks ettiruvchi qarorni qabul qildi. Qaror Donald Trampga Eronga qarshi harbiy amaliyotlarini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.
Trampning urush olib borish vakolatlarini cheklovchi mazkur qaror oy boshida vakillar palatasidan ham o‘tgan edi. Senatda kecha bo‘lib o‘tgan ovoz berishda qonun loyihasi 48 ga qarshi 50 ovoz bilan qabul qilindi. Loyiha Trampning Respublikachilar partiyasidagi Eron amaliyotiga qarshi bo‘lgan ayrim a’zolari tomonidan ham qo‘llab - quvvatlandi.


















