DUNYO
1 daqiqa o'qish
Italiyada issiq havo yuzasidan ayrim shahar aholilari ogohlantirildi
Italiyaning bir necha shahrida Afrikadan kirib kelgan issiq havo oqimi ta’siri kuchayishi kutilayotgani sababli, aholi ogohlantirildi.
Italiyada issiq havo yuzasidan ayrim shahar aholilari ogohlantirildi
_

Italiya Sog‘liqni Saqlash vazirligi dam olish kunlari mamlakatning bir qator shaharlarida Afrikadan kirib kelgan issiq havo oqimi ta’siri kuchayishi kutilayotganini ma’lum qilgan holda Bolonya, Bolsano, Breshiya, Florensiya, Milan, Peruja, Rieti va Turin shaharlari uchun eng yuqori xavf darajasi bo‘lgan «qizil» ogohlantirish e’lon qildi.

Poytaxt Rim shahri uchun esa ertaga ikkinchi eng yuqori daraja hisoblangan «to‘q sariq» ogohlantirish berildi.

Sog‘liqni Saqlash vazirligi o‘z rasmiy saytida quyosh nurlaridan himoyalanish bo‘yicha bir qator tavsiyalar va ehtiyot choralarini e’lon qildi. Shuningdek, fuqarolarga jaziramadan saqlanish maqsadida soat 11:00 dan 18:00 gacha tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.

Ayni paytda mamlakat shimolida kuchli issiq ob - havo hukm surmoqda. Ertaga «qizil» ogohlantirish berilgan shaharlardan biri bo‘lgan Milanda shahar markazidagi Duomo sobori oldida sayr qilayotgan sayyohlar quyoshdan himoyalanish uchun soyabon va kichik qo‘l ventilyatorlaridan foydalanayotgani, salqinlashish maqsadida esa favvoralar oldida navbat hosil qilayotgani kuzatildi.

Boxabar bo'ling!