Geo News kanalining xabariga ko‘ra Pokiston aeroport yetakchiligi (PAA) Hindistonga nisbatan havo hududi taqiqi muddatini uzaytirishga qaror qildi.
Shunga ko‘ra Pokiston havo hududi Hindiston tomonidan amalga oshiriladigan barcha tijoriy va harbiy qatnovlar uchun yopiq qoladi.
Bundan tashqari, Hindiston aviakompaniyalari tomonidan ijaraga olingan samolyotlarga ham Pokiston havo hududidan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Havo hududiga qo‘yilgan taqiq 24 - iyulgacha amalda bo‘ladi.
Hindiston nazoratidagi Jammu Kashmirning Pahalgam tumanida 2025 - yilning 22 - apreli kuni qurollangan shaxslar sayyohlarga qarshi o‘q uzishi oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan terror hujumi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi barcha savdo aloqalari to‘xtatilgan va havo hududlari yopilgan edi.






