Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada uchrashdi. Fidan bilan Lavrov, hay’atlararo uchrashuv oldidan jurnalistlarga bayonot berdi.
Hakan Fidan unda Turkiya bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlari tomonidan ilgari surilgan faoliyatlar asosida amalga oshirilayotgan sa’y - harakatlar natijasida tobora institutsional tus olayotgani va ijobiy rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha tomonlar Kavkaz, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Afrika boshchiligida ko‘plab mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Fidan mavzu haqida: «Bugungacha bo‘lgani kabi bundan keyin ham Turkiya Ukraina masalasini hal etish yo‘lida har tomonlama yordam berishda davom etadi. Turkiya har qanday o‘rtamchilik tashabbusiga hissa qo‘shadi va o‘zi bajara oladigan o‘rtamchilik rolini bajarishda davom etadi. Chunki davom etayotgan urush mintaqamizdagi beqarorlikni yana - da kuchaytirmoqda. Bu mojaro imkon qadar tezroq yakunlanishi kerak», — dedi.
Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Hakan Fidan boshchiligidagi delegatsiyani Moskvada qabul qilayotganidan mamnun ekanini bildirdi. Lavrovning ta’kidlashicha, ikki davlat nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha ham muntazam ravishda fikr almashib kelmoqda.
Lavrov bu haqida: «Kun tartibimizda nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki mintaqaviy va xalqaro masalalar ham muhim o‘rin tutadi. Biz Yaqin Sharq, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoga oid masalalarni muntazam muhokama qilib kelmoqdamiz. Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha adolatli, mustahkam va barqaror yechim topilishiga qaratilgan turk do‘stlarimizning sa’y - harakatlarini yuqori baholaymiz», — dedi.




















