Eron davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha mamlakatning halok bo‘lgan diniy lideri Ali Xamaney uchun 4 – 9 iyul kunlari dafn marosimlari o‘tkaziladi.
Dasturga ko‘ra 4 - 5 iyul kunlari poytaxt Tehronda vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tadi. Dafn marosimlari esa 6 - iyul kuni Tehronda, 7 - iyul kuni esa Qom shahrida tashkil etiladi.
Xamaney 8 - iyul kuni Mashxadda o‘tkaziladigan dafn marosimi ortidan 9 - iyul kuni Imom Rizo maqbarasida tuproqqa beriladi.
Ali Xamaney joriy yilning 28 - fevrali kuni Eronga qarshi boshlatilgan AQSh - Isroil hujumlari chog‘ida halok bo‘lgan edi. Ushbu hujumlarda ko‘plab oliy darajali eronlik harbiy qo‘mondon bilan hukumat amaldorlari ham hayotdan ko‘z yumdi.
Pokiston o‘rtamchiligida erishilgan sulh 8 - aprel kuni kuchga kirgan bo‘lib, yana - da keng ko‘lamli kelishuvga erishish bo‘yicha muzokaralar o‘shandan beri davom etib kelmoqda.












