Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida:
«AQSh bilan Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvni mintaqamizda tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish yo‘lidagi muhim voqea sifatida baholayman va uni mamnuniyat bilan qarshi olaman.
Butun dunyo uzoq vaqtdan buyon kutayotgan ushbu xabar mintaqamizda barqaror tinchlik va xavfsizlik muhitining shakllanishiga xizmat qilishini chin dildan tilab qolaman.
Bitim imzolanadigan kungacha bo‘lgan davrda keskinlikni kuchaytiruvchi bayonotlar, provokatsiyalar va harakatlardan tiyilish, shuningdek, ehtimoliy sabotaj urinishlariga qarshi hushyor bo‘lish zarurligini alohida ta’kidlayman.
Mazkur natijaga erishilishida AQSh va Eron rahbariyatiga, shuningdek, muhim o‘rtamchilik sa’y - harakatlari uchun Pokistonga minnatdorchilik bildiraman.
Bundan tashqari, Qatar va Saudiya Arabistonining diplomatik tashabbuslarni qo‘llab -quvvatlaganini yuqori baholashimga ham alohida e’tibor qaratmoqchiman.
Turkiya sifatida mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan barcha sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashda, diplomatiya va xalqaro huquq asosida barqaror yechimlarga hissa qo‘shishda davom etamiz” - degan ifodalarga o‘rin berdi.
















