Pokistonning shimoli-g‘arbida sodir etilgan ikki alohida yo‘l bo‘yidagi portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi.
Hujumlar shanba kuni Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi mojarolar kuzatilayotgan Shimoliy Vaziriston hududiga qo‘shni bo‘lgan Xaybar Paxtunxva viloyatining Bannu tumanida yuz berdi.
Bannu tumani politsiyasi rahbari Yasir Afridining ma’lum qilishicha, yo‘l chetiga joylashtirilgan birinchi bomba yo‘lovchilarni olib ketayotgan transport vositasiga zarba bergan. Hujum natijasida 5 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi esa yaralangan.
Ikkinchi portlash esa mahalliy aholi halok bo‘lganlar va yaradorlarni tez yordam mashinalariga olib chiqayotgan paytda sodir bo‘lgan. Ushbu portlash oqibatida yana kamida 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Afridining aytishicha, yo‘lovchilarni olib ketayotgan xususiy pikap masofadan boshqariladigan qo‘lbola portlovchi moslama bilan nishonga olingan. Yaradorlar shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda esa ikkinchi bomba portlatilgan.













