G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Musulmonlar Qurbon hayiti namozini al - Aqso jome' masjidida o‘qidi
Musulmonlar Qurbon hayiti namozini ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi al - Aqso jome' masjidida o‘qidi.
Musulmonlar Qurbon hayiti namozini al - Aqso jome' masjidida o‘qidi
_

Ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi al - Aqso jome’ masjidi hovlilari tort kun davom etadigan Qurbon hayitining birinchi kuni — chorshanba kuni hayit namozini ado etgan musulmonlar bilan toldi.

Musulmonlar bu kunda Hazrati Ibrohimning fidoyiligini yod etish uchun qurbonlik qiladi va qurbonlik goshtlari jamiyatdagi kambagallarga tarqatiladi.

Musulmon taqvimining eng muhim bayramlaridan biri bolgan Qurbon hayiti bu yil 2025 - yilning oktabr oyida kuchga kirgan sulh kelishuviga qaramay Isroil tomonidan davom etayotgan qoidabuzarliklar davriga togri keldi.

Bayram oldidan Isroil armiyasi ishg‘ol ostidagi Garbiy Sohil janubidagi Falastin shaharchalariga bosqin uyushtirib, savdogarlarni dokonlarini yopishga majbur qildi, mahalliy aholiga hujum qildi. Bu haqida guvohlar va Falastin davlat OAVlari xabar berdi.

Bosqinlar Falastin hukumati davlat xizmatchilarining maoshlarining bir qismini tolashi ortidan, shaharcha markazlari bayramga tayyorgarlik korayotgan insonlar bilan gavjum bolgan va savdo eng qizgin pallaga kirgan vaqtda amalga oshirildi.

Asosiy bosqin al - Xalil janubidagi Dura shaharchasiga qaratildi. Guvohlar Anadolu axborot agentligi (AA) Isroil harbiy texnikalari katta olomon paytida shaharcha markaziga kirgani, askarlar kochalarga tarqalgani, kozdan yosh oqizuvchi gaz bombalarini qollagani va savdogarlarni dokonlarini yopishga majbur qilganini ifoda etdi.

Hujumlar Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida Gazoda boshlagan genotsiddan buyon ishg‘ol ostidagi Garbiy Sohilda qotilliklar, hibsga olishlar, shahar va shaharchalarga bosqinlar, uy tintuvlari hamda mulklarni vayron qilish kabi amaliyotlarni kuchaytirgan bir davrda sodir bo‘ldi.