G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil G‘azodagi muhojirlar lagerini nishonga oldi
Isroil otashkesimga qaramay G‘azoda o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lgan muhojirlar lagerini nishonga oldi.
Isroil G‘azodagi muhojirlar lagerini nishonga oldi
_

Isroil tomonidan Gazo janubida joylashgan Xon Yunus shahrining garbida joylashgan al - Mavosiy hududida o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan falastinliklar jon saqlagan lagerni nishonga olgan hujum uyushtirildi. Oqibatida falastinlik bir ayol bilan bir bola halok bo‘ldi, kamida 22 kishi tan jarohati oldi.

Tibbiy manbaning Anadolu axborot agentligiga ma’lum qilishicha, Isroilning al - Mavasida o‘z uy - joyidan kochirilgan falastinliklar joylashgan Ghaith lageriga bergan zarbasi natijasida 31 yoshli ayol bilan 6 yashar bir qizaloq halok bo‘lgan.

Manbalarga kora, hujumda asosan ayollar va bolalardan iborat 20 kishi yaralangan.

Mahalliy manbalar va guvohlarning aytishicha Isroil bombardimoni aholi zich joylashgan lagerdagi koplab chodirlarni nishonga olgan va hujum oqibatida turli darajadagi jarohatlar yuzaga kelgan.

Gazoning markaziy qismida esa mahalliy manbalarga kora Isroil tomonidan tong saharlab Maghazi muhojirlar lageridagi bir uyni nishonga olgan havo hujumida falastinlik ikki kishi yaralangan.

Gazo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga kora kelishib olingan otashkesimga qaramay uyushtirilgan hujumlar yuzasidan falastinlik 904 kishi halok bo‘lar ekan, 2 ming 713 kishi tan jarohati olgan.

Mazkur kelishuvdan maqsad, 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlarni to‘xtatishdir. Chunki yuqorida nomi tilga olingan voqealar yuzasidan, nomi tilga olingan vaqtdan beri G‘azo sektorida 72 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 172 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi. Shuningdek, G‘azo sektorining qariyb 90 foizi yer bilan yakson qilindi.