Politsiya rasmiylari Pokistonning shimoli - g‘arbida joylashgan politsiya bo‘limiga qarshi portlovchi moddalar yuklangan avtomobil orqali uyushtirilgan hujum va ortidan voqea joyiga yordamga shoshilgan politsiya xodimlarini nishonga olgan hujum oqibatida kamida 12 nafar xodim halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Shanba kuni (09.05.2026) sodir bo‘lgan hujumdan keyin olingan tasvirlarda bino vayronaga aylangani, g‘ishtlar, kuygan qoldiqlar va parchalanib ketgan avtomobillar atrofga sochilib yotgani kuzatildi.
Politsiya rasmiylaridan Sajjad Khan yakshanba kuni (10.05.2026) mavzu haqida bergan bayonotida, qulab tushgan bo‘lim binosi ostidan 12 nafar politsiya xodimining jasadi chiqarilgani va uch nafar xodim esa tirik holda shifoxonaga olib ketilganini qayd etdi.
Ismi oshkor etilishini istamagan yana bir politsiya rasmiylaridan birining aytishicha, jangarilar avval portlovchi yuklangan avtomobil orqali bo‘lim binosiga bostirib kirgan, keyin esa ichkariga kirgan holda qolgan xodimlarga qarata o‘q uza boshlagan.
Politsiya rasmiylari: «Boshqa huquq - tartibot kuchlari politsiya xodimlariga yordam berish uchun yuborilgan edi ammo terrorchilar ularga pistirma uyushtirdi va oqibatida qurbonlar qayd etildi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Politsiya manbalariga ko‘ra jangarilar hujum davomida dronlardan ham foydalangan.
Eng shiddatli to‘qnashuv
Qutqaruv xizmatlari va harbiy bo‘lmagan shifoxonalarga tegishli tez yordam mashinalari voqea joyiga yetib bordi. Rasmiylar Bannudagi davlat shifoxonalarida favqulodda holat e’lon qilinganini bildirdi.
Ittihod ul - Mujohidin deb ataluvchi jangari ittifoqi, hujum uchun javobgarchilikni o‘z zimmasiga oldi.
Yuqorida nomi tilga olingan jangarilarning hujumlari, Pokistonning Afg‘oniston bilan bo‘lgan chegarasidagi mojarolarni yana kuchaytirishi mumkin. Fevral oyida, ilgari ittifoqchi bo‘lgan ammo keyinchalik dushmanga aylangan tomonlar o‘rtasida so‘nggi yillardagi eng shiddatli to‘qnashuvlar yuz bergan edi. Islomobod esa Afg‘oniston hududidagi havo hujumlari, jangarilarning qal’asini nishonga olganini bildirdi.
Shundan beri to‘qnashuvlar kamaygan bo‘lsa - da, chegara bo‘ylab vaqti - vaqti bilan qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda va rasmiy sulh kelishuvi hali hanuz tuzilmagan.
Islomobod Kobulni Pokistonda hujumlar rejalashtirayotgan jangarilarga boshpana berishda ayblamoqda.
Tolibon esa bu ayblovlarni rad etib, Pokistondagi jangari faoliyat mamlakatning ichki muammosi ekanini ta’kidladi.















