Eronning diniy lideri Mujtaba Xamaney, joriy yilning fevral oyida AQSh va Isroil tomonidan ofis majmuasiga qarshi uyushtirilgan qo‘shma hujum chog‘ida tan jarohati olgan edi. Endilikda sog‘lik - salomatligi to‘liq joyida ekani ma’lum qilindi.
Bu bayonotlar 28 - fevral kungi urush davridagi hujumlardan buyon rahbarning ahvoli haqida berilgan ilk rasmiy ma’lumot sifatida qayd etildi.
Fars News axborot agentligi xabariga ko‘ra, protokol rahbari Mazaher Husayniy, Xamaney 28 - fevral kuni yetakchilik binolarini nishonga olingan hujum paytida yaralanganini ifoda etdi.
Hujum vaqtida voqea joyida bo‘lgan Husayniy o‘sha davrdagi diniy lider Ali Xamaney halok bo‘lgan hudud ham doxil bir nechta joy yer bilan yakson qilinganini bildirdi.
Portlash to‘lqini oqibatidagi jarohatlar
Rasmiyga ko‘ra Mujtaba Xamaneyning qarorgohi ham nishonga olingan va bombardimon vaqtida uning turmush o‘rtog‘i halok bo‘lgan.
Xamaney, qarorgohi tomon harakatlanayotgan bir paytda portlash to‘lqini sabab yiqilib tushgan va tizzasi hamda belidan jarohat olgan.
Husayniy mavzu haqida: “Ana shundan beri uning belidagi jarohatlar tuzaldi, tizzasidagi yara ham tez orada sog‘ayadi. U to‘liq sog‘lom” - dedi.
Shuningdek, u Xamaneyning peshonasidan ham jarohat olgani haqidagi mish - mishlarni rad etib, faqat qulog‘i orqasida kichik yoriq borligi va u ham hozirda sog‘ayganini bildirdi
Mujtaba Xamaney otasining vafotidan so‘ng 9 - mart kuni diniy lider etib saylangan edi.
U lavozimga kelganidan buyon faqat yozma bayonotlar orqali muloqot qilib kelmoqda.
28 - fevraldagi hujumlardan keyin keskinlik kuchaydi, bu esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozida javob tariqasida uyushtirilgan hujumlar va dengiz qatnovidagi uzilishlarga yo‘l ochdi.
8 - aprel kuni Pokiston o‘rtamchiligida otashkesim kuchga kirgan bo‘lsa - da, AQSh 13 - apreldan buyon ushbu strategik suv yo‘lidagi Eron dengiz qatnoviga nisbatan dengiz blokadasini qo‘llamoqda.















