SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Abbos Aroqchi tinchlik muzokaralari uchun Pokistonga qaytadi
Tehron, Vashingtonning qay darajada jiddiy ekanini anglashga urinar ekan ayni vaqtda tinchlik muzokaralari uchun o‘z delegatsiyasini takror Islomobodga yubormoqchi.
Abbos Aroqchi tinchlik muzokaralari uchun Pokistonga qaytadi
_

Eron milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi kunning erta soatlarida Islomoboddan Ummonga safar qiladi, ortidan esa yana Pokistonga qaytadi.

IRNA axborot agentligi, Aroqchining Ummon tashrifini yakunlagach yana Pokistonga, ortidan esa Rossiyaga yo‘l olishini bildirdi.

Uning delegatsiyasining bir qismi urushni tugatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlashish va zarur ko‘rsatmalar olish uchun poytaxt Tehronga qaytgan bo‘lib, yakshanba (26.04.2026) oqshomida Islomobodda yana Aroqchi bilan birga ish olib borishi kutilmoqda.

Diplomatik faollik davom etmoqda

Aroqchi Pokistonga bo‘lgan tashrifi davomida urushni butunlay yakunlashga qaratilgan amaliy va bajarilishi mumkin bo‘lgan asosiy yondashuv bo‘yicha Eronning pozitsiyasini bayon qilganini ifoda etib, tashrifni “juda samarali” deb baholadi.

Eron Tashqi Ishlar vaziri Aroqchi X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Vashingtonning diplomatik sa’y - harakatlarga “haqiqatan jiddiy” yondashayotgani hali ham aniq emasligini o‘z so‘ziga qo‘shimcha qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp esa “avvalgidan yaxshiroq” deb ta’riflagan yangi hujjatni olganini e’lon qildi.

Aroqchi Tehronning tinchlik takliflariga javobni pokistonlik o‘rtamchiga topshirishi ortidan Ummon poytaxti Maskatga yetib bordi.

Shu bilan bir vaqtda Prezident Tramp elchilari Jared Kushner va Stiv Vitkoffning Pokistonga rejalashtirilgan tashrifi bekor qilinganini ma’lum qildi.

Pokistondagi manbalarga ko‘ra Aroqchi o‘rtamchilik jarayonini davom ettirish uchun yakshanba yoki dushanba kuni Islomobodga qaytishi kutilmoqda.