SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Putin: Ukraina urushi tugash arafasida degan fikrdaman
Vladimir Putin, Ukraina urushi haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor ekani ammo bu holat faqatgina tinchlik kelishuvini yakunlash uchungina ishga oshishi mumkinligini ifoda etdi.
Putin: Ukraina urushi tugash arafasida degan fikrdaman
_

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Ukraina urishi tugash arafasida degan fikrda ekanini ifoda etdi.

Putin Ukraina urushi haqida shanba kuni (09.05.2026) jurnalistlarga bergan bayonotida: «Menimcha, bu ish tugash arafasida», - dedi

U shuningdek, ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligi ammo bu holat faqat tinchlik bitimini yakunlash uchun bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Putin: «Uchinchi bir davlatda uchrashish mumkin lekin faqat tinchlik shartnomasiga oid yakuniy kelishuvlarga erishilganidan keyingina», - degan holda; bunday kelishuv uzoq muddatli tarixiy nuqtai nazarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerakligini ta'kidladi.

Financial Times payshanba kuni Yevropa ittifoqi yetakchilari potentsial muzokaralarga tayyorlanyotgani haqida xabar bergan.

Putin, yevropaliklar bilan muzokara o‘tkazishga tayyor yoki yo‘qligi so'ralganda, u uchun afzalroq nomzod — sobiq Germaniya kansleri Gerhard Schroeder ekanini ifoda etdi.

«Asosli taklif»

Putin, AQSh Prezidenti Donald Trampning tinchlik e'lon qilish va 1000ga - 1000 mahbus almashish tashabbusidan oldin Ukrainaga 500ga - 500 mahbus almashishni taklif qilgan.

U Trampning tashabbusini «asosli taklif» deb baholar ekan biroq Rossiya tomoniga hozirgacha hech qanday almashish taklifi kelmaganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Kreml o‘tgan hafta birinchi qadamni Yevropa hukumatlari qo‘yishi kerakligini qayd etdi, chunki urush boshlangan 2022 - yilda aynan ular Moskva bilan aloqalarni uzgan edilar.

Ukraina urushi Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarda 1962 - yildagi Kuba raketa inqirozidan beri eng jiddiy inqirozga sabab bo'ldi; o‘shanda ko‘pchilik dunyo yadroviy urush xavfi oldida ekanidan qo‘rqqan edi.