Xalqaro astronavtika federatsiyasi (IAF) tomonidan tashkil etilgan kongress Sanoat va texnologiya vazirligi muvofiqlashtiruvida, Turkiya kosmik agentligi (TUA) va SAHA Istanbulning hamkorlikdagi mezbonligida Antaliya NEST Kongress markazida o‘tkazilmoqda.
Tadbir kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish asosida “Dunyoga ko‘proq kosmos kerak” shiori ostida tashkil etilmoqda.
Kongressning rasmiy ochilish marosimi Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokida soat 14:30 da bo‘lib o‘tadi.
108 mamlakatdan 6 ming 893 delegat va ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan kongressda kosmik sohadagi muhim masalalar muhokama qilinadi.
Kongressda xalqaro tashkilotlar va kosmik agentliklar rasmiylari hamda soha vakillari ham qatnashadi.
Tadbir doirasida davra suhbatlari, panellar, ma’ruza taqdimotlari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Juma kuni eshiklar barcha tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi
2026-yilgi Xalqaro kosmik kongressda (IAC) ilk bor tashkil etiladigan “Future Space” maydonida yangi avlod kosmik texnologiyalari, simulyatsiyalar va interaktiv tajribalar namoyish etiladi.
Anadoluning boy madaniyati va ishlab chiqarish merosini aks ettiruvchi “Anadoludagilar” ko‘rgazmasi ham mahalliy va xorijiy mehmonlar e’tiboriga havola qilinadi.
Kongress doirasida ertaga o‘tkaziladigan IAF Global kosmik yetakchilar sammiti 40 dan ortiq mamlakatning yuqori martabali rasmiylarini birlashtiradi.
Kongress 9-oktabr, juma kuni jamiyatning barcha qatlamlarini kosmik fan va texnologiyalar bilan tanishtiradigan “Xalq kuni” tadbirlari bilan yakunlanadi.
O‘tgan yili Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan tadbir kelgusi yili Polshaning Poznan shahrida bo‘lib o‘tadi.
9-oktabrgacha davom etadigan kongress 1951-yilda tashkil etilgan va 82 mamlakatdan 604 a’zoga ega IAF hamkorligida o‘tkazilmoqda.




























