Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qildi.
Zelenskiy AQShning Mustaqillik kuni — 250 yillik yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘llaganini bildirib, “Telefon orqali juda mazmunli va yaxshi suhbat o‘tkazdik”, - deya ta’kidladi.
U, shuningdek, Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam uchun AQShga minnatdorlik bildirganini ifoda etib, “Amerikaning mustaqilligimizni himoya qilish yo‘lidagi qo‘llab - quvvatlovi biz uchun nihoyatda muhim”, - dedi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra suhbat davomida Rossiya – Ukraina urushidagi so‘nggi vaziyat ham muhokama qilingan.
“Ushbu urushni yakunlash uchun haqiqiy imkoniyat mavjud va bunda Amerikaning qat’iy pozitsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti doirasida uchrashib, muloqotimizni yuzma - yuz davom ettirishga kelishib oldik”, - dedi Zelenskiy.
















