Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi manbalariga ko‘ra Hakan Fidan eronlik hamkasbi Aroqchi bilan telefon orqali muloqot qildi.
Unda mintaqada bugun (07.06.2026) yuz bergan taranglik va Eron bilan AQSh o‘rtasida davom etayotgan muzokaralardagi oxirgi vaziyat muhokama qilindi.
Eronning Isroilga qarshi uyushtirgan raketa hujumi
Isroil armiyasi otashkesim yoki sulh shartlariga qaramay bugun (07.06.2026) Livan poytaxti Bayrutning Dahiya hududiga qarshi havo hujumi uyushtirdi. Eronlik rasmiylar esa Isroilning bu hujumiga javob qaytarishini ma’lum qilgan edi.
Eron armiyasi tomonidan qayd etilishicha, Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan hujum yoki zarbalariga markaz bo‘lgan Ramat David nomidagi havo bazasi ballistik raketalar orqali nishonga olingan.


















