TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Fidan: Turkiya - Bangladesh hamkorligini mustahkamlashda qarorimiz qat'iydir
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Bangladeshga bo‘lgan rasmiy tashrifi haqida ijtimoy tarmoq orqali bayonot berdi.
Fidan: Turkiya - Bangladesh hamkorligini mustahkamlashda qarorimiz qat'iydir
_

Hakan Fidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, Bangladesh, joriy yilning fevral oyida otkazilgan saylovlar ortidan yangi davrga qadam qoyganini ta’kidlagan holda mamlakatda tinchlik, farovonlik va barqarorlikni ta’minlash yolida amalga oshirilayotgan sa’y - harakatlarga guvoh bolganliklarini bildirdi.

U hamkasbi Dr. Khalilur Rahman bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlarni barcha sohalarda rivojlantirish boyicha qat’iy iroda mavjudligini yana bir bor tasdiqlaganliklarini ta’kidlab:

“Osiyo - Tinch okeani mintaqasiga tashriflarimizning to‘rtinchi va yakuniy manzili bo‘lgan Bangladeshda bizni Bosh vazir Tarique Rahman qabul qildi hamda Tashqi Ishlar vaziri doktor Khalilur Rahman bilan keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazdik. Tashrifimiz davomida fevral oyidagi saylovlardan keyin yangi davrni boshlab bergan Bangladeshning ulkan salohiyatiga hamda bangladeshlik birodarlarimizning tinchlik, farovonlik va barqarorlikda yashashi uchun qilinayotgan katta sa’y - harakatlarga guvoh bo‘ldik” - degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Bangladeshlik birodarlarimizni qo‘llab - quvvatlashda davom etamiz”

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar birodarlik rishtalarimizga mos ravishda nihoyatda mustahkam poydevor ustida rivojlanayotganini ko‘rdik. Kelgusi davrda hamkorligimizni barcha sohalarda rivojlantirishda qarorimiz qat’iydir va bangladeshlik birodarlarimizni avvalgidek kuchli iroda bilan qo‘llab - quvvatlashda davom etamiz.

Ko‘rsatgan samimiy mehmondo‘stliklari uchun eng avvalo qadrli birodarim doktor Khalilur Rahmanga, shuningdek, Bangladesh hukumati va xalqiga chin yurakdan minnatdorlik bildiraman. Shu munosabat bilan yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 81 - Bosh Assambleyasi rahbarligi lavozimiga saylangan hurmatli hamkasbimni yana bir bor tabriklayman. Bu muhim vazifani u katta muvaffaqiyat bilan ado etishiga ishonamiz.

Tashrif doirasida ular Cox's Bazardagi qochqinlar lagerlariga ham tashrif buyurish imkoniga ega bo‘ldilar.

“Bangladesh bir million nafardan ortiq Rohingya musulmoniga boshpana berib, juda katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. Bizning umumiy maqsadimiz — Rohingya inqiroziga adolatli va barqaror yechim topishdir.

Cox’s Bazarda Sogliqni Saqlash vazirligimiz, TIKA, Turk Qizil yarim oy jamiyati, Turkiya Din ishlari fondi va boshqa muassasalarimiz tomonidan olib borilayotgan faoliyatni o‘z o‘rnida kozdan kechirdik. Shuningdek, Turkiya - Bangladesh Insoniy yordam shifoxonasida xizmat qilayotgan tibbiy xodimlarimiz bilan uchrashdik.

Og‘ir sharoitlarda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarimizga ularning fidoyiligi, matonati va insoniyatga xizmat qilayotgan namunali sa’y - harakatlari uchun eng samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Turkiya va Bangladesh ortasidagi do‘stlik faqat umumiy manfaatlarga emas, balki qiyin damlarda bir - birini qollab - quvvatlaydigan ikki xalqning dostligiga asoslangan. Biz bu rishtalarni bundan buyon ham yanada mustahkamlashda davom etamiz”.