TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Hakan Fidan janubiy koreyalik hamkasbi bilan uchrashdi
Hakan Fidanning Osiyo - Tinch okeani mintaqasiga bo‘lgan tashrifi davom etar ekan, shu doirada, Singapur va Indoneziya ortidan Janubiy Koreyaga yo‘l oldi.
Hakan Fidan janubiy koreyalik hamkasbi bilan uchrashdi
_

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Osiyo - Tinch okeani mintaqasiga bo‘lgan tashrifini davom ettirmoqda. Shu doirada Singapur va Indoneziya ortidan Hakan Fidanning navbatdagi manzili Janubiy Koreya bo‘ldi. U Seulda Janubiy Koreya Tashqi Ishlar vaziri Cho Hyun bilan uchrashdi.

Hakan Fidanning Seuldagi muzokaralarida iqtisodiyot va savdo masalalari asosiy o‘rinni egallamoqda. Tomonlar Janubiy Koreya bilan iqtisodiy aloqalarni yana - da rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo‘lgan qadamlar hamda Erkin savdo bitimi doirasini kengaytirishga qaratilgan ishlarni muhokama qilmoqda.

Shuningdek infratuzilma, energetika, transport, sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiya sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari ham kun tartibidan o‘rin olgan.

Mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik masalalari ham muzokaralar kun tartibidan o‘rin olar ekan, Altay tanki loyihasi bilan yangi bosqichga ko‘tarilgan mudofaa sanoati hamkorligining bugungi holati ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, qurolli - qurolsiz insonsiz havo transporti tizimlari bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda.

Muzokaralarda Rossiya – Ukraina urushi, Eron, Falastin, Suriya hamda Sharqiy Osiyoda kabi mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar ustidan ham fikr almashilmoqda.