Quvaytda Eron tomonidan insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujumlar yuzasidan ziyon ko‘rgan xalqaro aeroportida qatnovlar takror boshlangani ma'lum qilindi.
Quvayt Axborot vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali voqea yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, aeroportdagi texnik guruhlar va tegishli mutasaddilar tomonidan ziyon ko‘lamini aniqlash ishlari yakunlandii qatnovlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rildi va T4 terminali orqali aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yildi.
Bayonotda yo‘lovchilar va xodimlar xavfsizligi ustuvor ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, amaliyotlar uzluksizligini eng yuqori xavfsizlik standartlari asosida ta’minlash maqsadida barcha tegishli tomonlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishi qayd etildi.
Shuningdek, Kuwait Airways tomonidan berilgan bayonotda qatnovlar yoki parvozlar vaqtincha to‘xtatilgani sababli kechiktirilgan reyslar jadvali qayta tuzilishi va e’lon qilinishi ma’lum qilindi.
Bayonotga ko‘ra, bronlarini bekor qilish yoki o‘zgartirishni istagan yo‘lovchilardan faqatgina bugungi reyslar bo‘yicha hech qanday qo‘shimcha to‘lov olinmaydi.
Avvalroq Quvayt armiyasi Eron tomonidan amalga oshirilgan kamikadze dron hujumi oqibatida Quvayt aeroportining yo‘lovchi terminali binosiga ziyon yetgani va ko‘plab kishilar jarohat olganini ma’lum qilgan edi.
Quvayt Fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasi ham Erondan uyushtirilgan hujum tufayli ziyon ko‘rgan Xalqaro Quvayt aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini bildirgan edi.
Shuningdek, Eron Inqilobiy gvardiya korpusi AQShning Eronga qarashli Keshm oroliga qarshi uyushtirgan hujumiga javoban Quvaytda joylashgan va AQSh kuchlariga mezbonlik qilayotgan harbiy bazalarni raketalar bilan nishonga olganini ma’lum qilgan edi.
















